«o‘zbekiston tiv» tegli maqolalar


O‘zbekiston TIV Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan aviazarbani qoraladi
3 aprel 2024, 11:33

O‘zbekiston TIV Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan aviazarbani qoraladi

O‘zbekiston TIV Isroil tomonidan Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan va bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan aviazarbani keskin qoraladi. “Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidladi vazirlik.

O‘zbekiston TIV rossiyalik siyosatchining respublikani Rossiyaga qo‘shib olish haqidagi so‘zlari ortidan Rossiya elchisini taklif qildi
21 dekabr 2023, 19:00

O‘zbekiston TIV rossiyalik siyosatchining respublikani Rossiyaga qo‘shib olish haqidagi so‘zlari ortidan Rossiya elchisini taklif qildi

Rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepinning O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish haqidagi bayonotidan so‘ng Rossiya elchisi Oleg Malginov O‘zbekiston TIVga taklif etildi. Unga bu kabi chiqishlar provokatsion bo‘lib, ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bildirildi.

Yana bir bor tomonlarni qurolli mojaroni to‘xtatishga chaqiramiz — O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin urushi bo‘yicha
27 oktabr 2023, 17:25

Yana bir bor tomonlarni qurolli mojaroni to‘xtatishga chaqiramiz — O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin urushi bo‘yicha

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Falastin, Isroil va yana 7 ta mamlakatning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilinib, G‘azo sektoridagi vaziyat haqida gaplashildi. Bolalar qurbon bo‘layotgan mojaroni to‘xtatishga yana bir bor chaqiramiz, deydi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov.

“Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz” — O‘zbekiston TIV G‘azodagi kasalxonaga berilgan zarba haqida
18 oktabr 2023, 11:49

“Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz” — O‘zbekiston TIV G‘azodagi kasalxonaga berilgan zarba haqida

18-oktabrga o‘tar kechasi G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga zarba berilishi oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV buni “dahshatli zo‘ravonlik” deb atadi. “Buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekiston Falastin-Isroil mojarosidan jiddiy xavotirda — TIV
9 oktabr 2023, 15:08

O‘zbekiston Falastin-Isroil mojarosidan jiddiy xavotirda — TIV

O‘zbekiston TIV Falastin-Isroil mojarosi tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgani va Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirganidan jiddiy xavotir bildirdi. Mamlakat tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatda tugatish va inqirozni diplomatik vositalar orqali hal qilishga chaqirdi.

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘dagi prezidentlik saylovlarini tan olmaydi — TIV
11 sentabr 2023, 16:13

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘dagi prezidentlik saylovlarini tan olmaydi — TIV

O‘zbekiston hukumati tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasida o‘tkazilgan qo‘shtirnoq ichidagi prezident saylovlarini tan olmaydi, deya xabar qildi TIV.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Ukraina elchisi bilan uchrashdi
3 fevral 2023, 10:45

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Ukraina elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenko bilan uchrashdi. Muloqotda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston TIV Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qilingan hujum bo‘yicha bayonot berdi
28 yanvar 2023, 15:40

O‘zbekiston TIV Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qilingan hujum bo‘yicha bayonot berdi

27 yanvar kuni Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurollangan shaxs hujum uyushtirgandi. Hodisa oqibatida xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan. O‘zbekiston TIV holat yuzasidan bayonot berib, hujumni keskin qoraladi. Shuningdek, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishiga umid bildirdi.

O‘zbekiston qirg‘iz-tojik mojarosi tomonlarini to‘qnashuvlarni darhol tugatishga chaqirmoqda
29 aprel 2021, 17:44

O‘zbekiston qirg‘iz-tojik mojarosi tomonlarini to‘qnashuvlarni darhol tugatishga chaqirmoqda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qirg‘iz-tojik chegarasidagi to‘qnashuvlarni darhol to‘xtatishga va vaziyatni barqarorlashtirish uchun qo‘shma choralar ko‘rishga chaqirdi. «O‘zbekiston tez orada kelishuvga erishish uchun har tomonlama yordam berishga tayyor», — deyiladi TIV bayonotida. Ayni damda, otishma oqibatida Tojikistonning yana 5 nafar, Qirg‘izistonning ham 5 fuqarosi jarohatlangan, bir nafari vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting